O‘zbekiston | 22:05 / 29.03.2018
72170
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 200 kishi Islom diniga qaytdi

21 mart kuni «Shayx Zayniddin» jome' masjidida jismonan eshitish va so‘zlashish imkoniyatlari cheklangan 200 nafar vatandoshlar Islom dinini qabul qilishdi. Bu haqda Azon.uz masjid ma'muriyatiga asoslanib xabar bergan.

«O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahar Olmazor tumani «Islomobod» jome' masjidi imom xatibi Jumanov Abdulhamid domla boshchiligida eshitish va so‘zlashish imkoniyatlari cheklangan 200 nafar vatandoshlarimiz uchun «Shayx Zayniddin» jome' masjidida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbir davomida bir paytlar missionerlik harakati oqibatida adashib boshqa dinlarni qabul qilgan bu vatandoshlarimizga Islom dini haq din ekani va unda hamma barobarligi tushuntirildi. Ularning barchalariga imon kalimalari yozilgan maxsus ma'lumotnomalar tarqatildi. Natijada bu 200 nafar vatandoshlarimizning ko‘zlari yoshga to‘lgan holda muqaddas Islom dinini qabul qildilar. Tadbir so‘ngida homiylar tomonidan bayram munosabati bilan taomlar berilib, esdalik uchun hadyalar ulashildi», deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq, aynan shu imom-xatib tomonidan eshitish va so‘zlashish imkoniyatlari cheklangan kishilar uchun juma namozida sudrotarjimon orqali ma'ruza tinglash imkoniyati yaratilgan edi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Mavzuga oid