Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda endi hech kim jurnalistga tahdid qila olmaydi
O‘zbekistonda jurnalistlarga do‘q-po‘pisa qilish yoxud tahdid bilan xizmat faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu mazmundagi qonun bandlari Oliy Majlis Senatining XIV yalpi majlisida ma’qullangan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunida o‘z ifodasini topgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Senatorlar ma’qullagan qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuniga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, mamlakatda OAVning senzura qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi qonunda ta’kidlangan.
Mavzuga oid: Kun.uz faoliyatiga to‘sqinlik qilindi
Qonunda nazarda tutilgan moddalar bo‘yicha hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishiga haqli emas. Shuningdek, jurnalistning kelishuvisiz efirga (bosmaga) tayyorlangan materialga o‘zgartirish kiritilishi mumkin emas. Hech kim avvaldan OAV materiallarini ko‘rib chiqishi va senzuraga yo‘l qo‘yishga haqli emas.
Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni Kun.uz muxbirlari va tasvirchi xodimiga jurnalistik faoliyatini olib borishda jismoniy va ruhiy to‘sqinlik qilingani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:45
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026