28 mart kuni «Toşkent savdo markazi» (sobiq «Abu Saxiy» bozori) hududida Kun.uz jurnalisti, ijodiy guruh boşliği Xurşid Daliyev, tahririyat yuristi Zafarbek Solijonov va tasvirçi xodimi Fazliddin Abduqodirov jurnalistik faoliyatini amalga oşirişda bozor ma'muriyati xodimlari tomonidan tösqinlikka uçradi.

Ma'lum qilinişiça, bozor ma'muriyatining Rustam ismli xodimi Kun.uz tasvirçisidan kamerani tortib olib, kamera xotirasida mavjud barça tasvirni özboşimçalik bilan öçirib taşlagan. Şuningdek, xizmat guvohnomasini körsatgan tahririyat xodimlarini majburiy ravişda bozor ma'muriyati binosiga kirişga undagan. Xizmat vazifasida bölgan muxbirlar bozor ma'muriyatiga qaraşli binoda jismoniy va ruhiy tazyiqlarga uçragan. Uşbu holatda bozor ma'muriyati xodimlari va muxbirlar ötirgan xonaga içki işlar xodimlari (hudud inspektori bölişi mumkin) kirib kelib, vaziyatga heç qanday munosabat bildirmadi. Bundan taşqari, Tohir ismli şaxs muxbirlarni noqonuniy tintuvdan ötkazdi. 

Bozor ma'muriyati binosi

Gap şundaki, ijodiy jamoa Kun.uz tahririyatiga kelib tuşgan murojaatni batafsil örganiş uçun voqea joyi, ya'ni «Toşkent savdo markazi» bozor kompleksiga taşrif buyurgandi. Jurnalist Daliyevning ta'kidlaşiça, kamera va diktofon xotirasidan öçirib taşlangan yozuvlarda tadbirkor bilan suhbat jarayoni yozib olingandi. Mazkur bozorning respublikadagi ijtimoiy va iqtisodiy örni inobatga olinib, jamoatçilik nazorati hamda sof jurnalistik tamoyillarga asoslanib iş olib borayotgan muxbirlar ma'muriyat bilan suhbatlaşişni ham rejalaştirgandi.

Muxbirlarning aytişiça, bozor ma'muriyati savdo kompleksi xususiy mulk ekanligini ta'kidlab, bu hududda suratga oliş mumkin emasligini bildirgan. Masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Kun.uz «Toşbozorsavdo» uyuşmasi vakili bilan telefon orqali suhbatlaşdi.

Uyuşma xodimining ta'kidlaşiça, «Toşkent savdo markazi» bozor kompleksi haqida uyuşmada ma'lumot mavjud emas. Ayni paytda «Toşbozorsavdo» uyuşmasiga davlat uluşi 51 foiz yoki undan ortiq bölgan bozorlar a'zo sifatida qabul qilingan.