Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda qahva ishlab chiqaruvchilar endi mahsulot xavfliligi to‘g‘risida ogohlantiradi
Kaliforniya sudi shtat hududida faoliyat yurituvchi sotuvchilarga, ya'ni 90 reteylerga xaridorlarni bu ichimlik iste'moli natijasida onkologik kasalliklar yuzaga kelish xavfidan ogohlantirish majburiyatini yukladi. Reuters shu haqida xabar berdi.
Qahva savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga qarshi faollar guruhi ish ochgan. Hujjatda ular shtatning xaridorlarni mahsulotlardagi onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan zararli moddalar mavjudligidan ogohlantirishga doir qonuniga asoslanishgan.
Shunday moddalardan biri akrilamid hisoblanadi. Akrilamid – qahva donachalarini qovurish jarayonida hosil bo‘ladigan kanserogen modda.
Los-Anjyeles Oliy sudi sudyasi Elixu Berl o‘z qarorida qahva sotuvchilari akrilamidning ichimlik tarkibida beziyon miqdorda ekani va uning iste'molchilar sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligini isbotlay olishmagan.
Sotuvchi-kompaniyalar 10 aprelga qadar appelyatsiyaga topshirishlari mumkin.
Mavzuga oid
12:48
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026