Jahon | 19:00 / 30.03.2018
39105
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Rossiyadan darg‘azab

Foto: Reuters

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyaga mahsulotlar yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar sharoitida yangi sotish bozorlarini izlash vazifasini topshirdi. Bu haqda «BelTA» xabar bermoqda.

«Eksportga keladigan bo‘lsak, boshqa bozorlarni izlang. Agarda Rossiya bizni tushunmayotgan bo‘lsa va buni xohlamasa, mayli, Rossiya prezidenti bilan inauguratsiyadan so‘ng ko‘rishamiz, barcha masalalarni batafsil va aniq tarzda muhokama etamiz. Vaziyatni aniqlashtirish kerak. Agar ular bizni muntazam ravishda tushunarsiz sabablar bilan tiz cho‘ktirishga qaror qilishgan bo‘lsa, boshqa joydan baxtimizni izlaymiz. Shuning uchun boshqa bozorlarni qidiringlar. Har doim bitta bozorda o‘tirish mumkin emas», - deya aytib o‘tgan Lukashenko.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, Belarus Rossiyaga yomon hech narsani olib borayotgani yo‘q.

«Tekshiruvchilarning o‘zi Rossiyada xuddi Belarusdek bo‘lishi kerakligini aytishmoqda. Shuning uchun shu yil hammasini aniqlashtirib olamiz. Biz yaxshilik qilmoqdamiz va doimo tiz cho‘kmoqdamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Lukashenko.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid