Jahon | 19:30 / 30.03.2018
7836
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya 13 nafar ukrainalik diplomatni chiqarib yuboradi

Vasily Fedosenko/Reuters

Rossiya Sergey Skripal mojarosi doirasida javob tariqasida ukrainalik 13 nafar diplomatni chiqarib yuboradi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, Moskva qaysi davlat o‘zining necha nafar diplomatini o‘z hududidan chiqarib yuborgan bo‘lsa, xuddi shunday javob qaytarilmoqda.

Bundan avvalroq, Rossiya TIVga qator davlatlarning elchilari chaqirilib, ularga qat'iy norozilik bildirilgani xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid