Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya: KXDR yadro sinoviga tayyorlanmoqda
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kononing ma'lum qilishicha, KXDRda mamlakat yangi yadro sinovlarini o‘tkazishni rejalashtirayotganidan darak beruvchi holatlar qayd etilgan.
«Ayni damda avvalgi yadro sinovi o‘tkazilgan tunneldan tuproqni olib chiqish ishlari olib borilmoqda. KXDR keyingi sinovga tayyorgarlik ko‘rmoqda», - deya uning so‘zlarini keltiradi Kyodo agentligi.
Avvalroq Seuldagilar Shimoliy Koreya AQSh bilan ehtimoliy muzokaralar davrida yadro sinovlari va raketalar uchirilishini muzlatib qo‘yishga rozi bo‘lgani haqida ma'lum qilishgandi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026