Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev Jeenbekovni ogohlantirdi
Foto: Sultan Dosaliyev
QSDP yetakchisi Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston prezidentini davlatning avvalgi rahbarlari – Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyev xatolarini takrorlamaslik haqida ogohlantirdi. U bu haqda bugungi matbuot anjumanida ma'lum qilgan.
Almazbek Atamboyev Sooronbay Jeenbekovga maslahatlar berishini yashirib o‘tirmadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ba'zida prezidentga yoqmaydigan narsalarni ham aytadi.
«Agarda men aytmasam, unda kim unga bu haqda gapiradi? Oilani hamma narsadan ustun qo‘yish kerak emas. Biz bu yo‘l nima bilan tugashini bilamiz. Men Sooronbay Jeenbekovni ogohlantirdim va Akayev hamda Bakiyevning xatolarini takrorlamaslikni so‘radim. Umid qilamanki, mening do‘stim to‘g‘ri qaror qabul qiladi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Mavzuga oid
19:21 / 21.03.2026
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
16:56 / 07.03.2026