Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura delegatsiyasi Qirg‘izistonga bordi
Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati
Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati (Moliyaviy politsiya) raisi Z.Osmonovning taklifiga binoan 2018 yil 27-29 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i A.Mavlonov rahbarligidagi delegatsiya Bishkek shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif davomida delegatsiya a'zolari Qirg‘iziston Moliyaviy politsiyasining iqtisodiy sohada davlat manfaatlarini ta'minlash, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi faoliyati bilan tanishdilar.
O‘z navbatida, qirg‘iz tomoni O‘zbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament faoliyati bilan batafsil tanishtirildi.
Tomonlar Qirg‘iziston Respublikasi prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 2017 yil 5 oktabr kuni imzolangan Idoralararo hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashishdi.
Xususan, faoliyatning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlarni tashkil etish, mavzuga doir tadqiqotlar o‘tkazish hamda o‘zaro manfaatli boshqa masalalar muhokama qilindi.
Tashrif yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikning yuqori darajada ekanligi qayd etilib, idoralararo hamkorlikni yanada kengaytirish borasidagi ishlarni faollashtirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:08 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi
18:20 / 30.03.2026
Qirg‘iziston ilk bor o‘z milliy valutasini mustaqil chop etishni boshladi
15:56 / 25.03.2026