Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaning o‘zi aloqador bo‘lishi mumkin – Rossiya
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning fikricha, Britaniya GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishiga aloqador bo‘lishi mumkin. Bu haqda u «Pyatyy kanal»ga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
«Bizda bu ish bo‘yicha ma'lumot hamon yo‘q. Buyuk Britaniyadan yagona rasmiy axborotlarni kecha oldik va u Yuliya Skripalning ahvoli yaxshilanishiga doir bo‘ldi. Shuning uchun Buyuk Britaniya va rasmiy shaxslarning bu voqeaga aloqadorligi haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri aytish mushkul, biroq gumonlarimiz bor», - deya aytib o‘tdi Zaxarova.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, Britaniya tomonidan ma'lumotlarning yashirilishi mamlakat Skripal zaharlanishiga aloqador ekanidan darak berishi mumkin.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026