Jahon | 14:40 / 31.03.2018
12401
2 daqiqa o‘qiladi

Muhammad bin Salmon: AQSh Suriyada qolishi kerak

Foto: RIA "Novosti"

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saudning ma'lum qilishicha, Suriyada Amerika harbiy kontingenti bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda siyosatchining Time nashriga bergan intervyusida so‘z yuritilgan.

"Bizning fikrcha, Amerika qo‘shinlari agarda uzoq muddatli istiqbolda bo‘lmasa ham, minimum o‘rta muddatli istiqbolda qolishi kerak", - deya aytib o‘tdi Muhammad bin Salmon Ol Saud. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdan Amerika qurolli kuchlarining chiqib ketishi Suriyada muhim bo‘g‘in yo‘qotilishini anglatadi.

"Bu yo‘lak mintaqa uchun ko‘p narsa qilib berishi mumkin edi", - deya aytib o‘tdi shahzoda intervyuda.

Nashrning ta'kidlashicha, Suriyada ayni damda amerikalik 2 mingga yaqin harbiy xizmatchi bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakat hukumati tepasida qolishi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid