Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘lom yurakning oddiy siri topildi
Foto: Global Look Press
Optimistik odamlar yurak-qon tomir kasalliklaridan kamroq aziyat chekadi. Bundan amerikalik olimlarning tadqiqoti ma'lumotlari darak bermoqda, u BMJ Open jurnalida e'lon qilingan.
Ilmiy ish uchun kelib chiqishi lotin amerikalik bo‘lgan 4 900 AQSh fuqarosi haqidagi ma'lumotlardan foydalanildi. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu guruh eng himoyasiz, sababi hamma ham ingliz tilini bilmaydi, ispan tilini tushunadigan shifokorni topish esa oson emas.
Ularning barchasi tana massasi indeksiga, harakatlanish, plazmadagi glyukoza darajasi, qon bosimiga qarab guruhlarga bo‘lingan.
Ko‘ngillilardagi optimizm darajasi maxsus test yordamida o‘lchandi.
Aniqlanishicha, optimistik odamlarning yurakdan shikoyat qilish ehtimoli kamroq ekan. Ko‘p paytlarda yaxshi kayfiyatda bo‘lganlarning yuragi nisbatan sog‘lom bo‘lgan.
Tadqiqot mualliflari so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda yurak va ruhiy holat o‘rtasidagi aloqa haqida aniq ma'lumot yo‘q. Biroq, amalga oshirilgan tajriba juda aniq bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
02:09 / 09.03.2026
Tadqiqot: o‘smirlar tobora kamroq uxlamoqda
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
22:17 / 23.01.2026