Jahon | 19:50 / 01.04.2018
6624
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda parlament saylovlari o‘tadigan sana ma'lum qilindi

Foto: AP Photo / Rahmat Gul

Afg‘onistonning mustaqil saylov komissiyasi rahbari Guljon Badi Sayod mamlakatda parlament va hududiy saylovlar 20 oktabrga belgilanganini tasdiqladi. Bu haqda Khaama Press axborot agentligi xabar bermoqda

Afg‘onistonda avvalgi parlament saylovlari 2010 yilda o‘tgan. Navbatdagi saylovlar 2016 yil oktabrda o‘tishi kerak edi, biroq saylovlar sanasi ko‘chirilgan. Parlamentning yangi tarkibi 2018 yil iyulda saylanishi kutilgandi. Biroq texnik murakkabliklar sababli saylovlar kechroq muddatga qoldirilgan, ammo hukumat saylovlar 2018 yil oxirigacha o‘tishiga va'da bergandi.  

Sayodning aytishicha, saylovlarda barcha partiya va institutlarning qatnashishi komissiyaga ochiq-oydin va adolatli ovoz berishni tashkillashtirishga yordam beradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid