Sport | 02:58 / 01.04.2018
9276
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Liga kubogi. "PSJ" finalda "Monako"ni yirik hisobda yengdi

Foto: Reuters

Fransiya Liga kubogining final uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. "PSJ" hamda "Monako" o‘rtasida kechgan bahs parijliklarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi – 3:0. 

8-daqiqada Kavani penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 21-daqiqada Di Mariya jamoasining ikkinchi golini kiritdi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganida Kavani dublga erishib, jamoasining yirik g‘alabasini ta'minladi. 

"PSJ" Fransiya Liga kubogini qatorasiga 5-marotaba, umumiy hisobda esa 8-marotaba g‘olib bo‘ldi. 

PSJ – Monako 3:0 

Gollar: 1:0 – 8, penalti Kavani, 2:0 – 21 Di Mariya, 3:0 – 85 Kavani.
PSJ – Trapp, Tiago Silva, Berchiche, Dani Alves, Kimpembe, Verratti (Lo Chelso, 70), Rabo, Draksler (Diarra, 81), Di Mariya (Pastore, 52), Mbappe, Kavani.
Monako – Subashich, Glik, Radji, Sidibe, Jyemerson, Fabino, Tilemans (Yovetich, 46), Moutinyu (Gezzal, 80), Lopesh (Diakabi, 73), Lemar, Falkao.
Ogohlantirishlar: Glik (31), Falkao (65), Radji (75).

Mavzuga oid