Jamiyat | 19:00 / 01.04.2018
41116
3 daqiqa o‘qiladi

Xasta aka qadri uchun orzularidan kechgan yigit (videoreportaj) 

Internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan bir video KUN.UZ e'tiborini tortdi. Balki siz ham bunga e'tibor bergandirsiz. Unda xasta aka va uni parvarish qilayotgan uka haqida so‘z boradi. Ma'lum bo‘lishicha, 32 yoshni qarshi olgan Rizo Mahkamov maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq to‘shakka mixlanib qolgan.

- Mening orzuim, avvalosi, yurib ketish, - dedi Rizo Mahkamov. – Bolaligimda, sog‘lom paytlarda har xil kasblarga qiziqqanman. Ammo salomatligim ortga qaytach... Maqsadim, ayni damda, salomatligimni tiklab olish xolos.

KUN.UZ Namangan viloyatiga safari chog‘ida ushbu oila holidan xabar olishni maqsad qildi. Kech bo‘lishiga karamay yo‘limizni To‘raqo‘rg‘on tumaniga burdik. Tuman markazida bizni bemor yigitni parvarish qilayotgan ukasi kutib oldi. Uning akasi uchun yelib-yugurishi qalbimizni titratib yubordi. 

- Akamning bu xastaligi 14 yoshidan boshlangan, - dedi bemorning ukasi. – Uchinchi sinfda o‘qiyotgan paytlari yiqilaverib-yiqilaverib, keyin to‘rtinchi sinfda ana shu holatga tushib qolganlar. Onam ikkinchi guruh nogironi edilar. U kishi 2014 yilda qattiq bemor bo‘lib, olamdan o‘tdilar. Shundan buyon akamga o‘zim qarab kelaman. 

Barchasini eshitdingiz. Yetimlik maqomi. Xastalik sinovi. Yo‘qchilik tashvishi. Boshni qayga urishni bilmay turgan nochor yigit. Ijarama ijara, qarindoshlar, yaqinlarning uylarida yashab yurgan bu oila hamon boshpanasiz. Boz ustiga, bemorlik katta dard, katta tashvish. Bemor akasiga doimiy parvarish sabab uka undan ortib biron yerda ishlay ham, uqiy ham olmayapti. 

Shukr-ki, tuman hokimligi ayni oilaga uy-joy masalasi bo‘yicha amaliy yordam bermoqda. Nasib bo‘lsa, bu yil ularning yashashi uchun uy-joy beriladi. 

Keling, azizlar, kim nimaga qodir bo‘lsa, ularga yordam qo‘lini cho‘zsin. Duolaringizni darig‘ tutmang. Imkoningiz bo‘lsa, moddiy ko‘mak bering. Xalqimiz qarab turmaydi. To‘raqo‘rg‘onlik chorasiz aka-uka uchun g‘ayrat qilaylik. Zero, ehson va xayriyalaringiz o‘z egalarini kutmoqda.

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

Telefon raqami: +99894 1501338

Plastik karta raqami: 8600 0423 1886 1076 (Click, Payme. Agrobank) Mahkamov Rizo Bahodirovich.

Agrobank ATB To‘raqo‘rg‘on filiali

MFO: 00241

INN: 200 096 209

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 4000 0024 1001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 2311 8000 2000 0024 1001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0024 1001

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid