10:50 / 01.04.2018
12442

Rossiyalik diplomatlar chiqqan yana bir samolyot AQShni tark etdi

© AP Photo/Carolyn Kaster

Amerika hukumati talabi bilan AQShdan chiqarib yuborilayotgan rossiyalik diplomatlarning yana bir guruhi shanba kuni Vashingtondagi Dalles nomidagi xalqaro aeroportdan Moskva tomon uchdi. Bu haqda TASS agentligi Rossiyaning Qo‘shma Shtatlardagi elchixonasiga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Bundan avvalroq rossiyalik diplomatlar chiqqan yana bir samolyot Nyu-Yorkdan parvoz qilgandi. Shanba kuni AQShni diplomatlar va ularning oila a'zolaridan iborat jami 171 kishi tark etdi. Ularning qaytishi uchun ikkita Il-96 rusumli samolyotlar AQShga yuborilgandi.

26 mart kuni AQSh hukumati 60 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishini (Vashingtondagi elchixonaning 46 nafar xodimi, Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonaning 2 xodimi hamda RFning BMT qoshidagi vakolatxonasining 12 xodimi non-grata deb e'lon qilindi), shuningdek, Rossiyaning Sietldagi bosh konsulxonasi yopilishini ma'lum qildi. Bunday qaror Buyuk Britaniya hududida rossiyalik sobiq josus Sergey Skripal zaharlanishida Moskva ayblanishi ortidan boshlangan mojaro tufayli qabul qilindi.

Mavzu
Skripal ishi

Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilgan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal 4 mart kuni zaharlandi. Buyuk Britaniya bu suiqasdda Rossiyani aybladi

Barchasi
Mavzuga oid
Top