Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey Solsberiga GRU sobiq agenti Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanganiga bir yil tölişi munosabati bilan keldi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

2018 yilning 4 mart kuni Solsberida Sergey va Yuliya Skripalga «Noviçok» kimyoviy moddasidan foydalangan holda suiqasd uyuştirildi. Ular mahalliy kasalxonaga olib ketildi, u yerdagi şifokorlar ota-bolaning hayotini saqlab qolişga muvaffaq böldi. London hujum uçun mas'uliyat Moskvaning zammasida ekanini bildirdi.

Kreml Buyuk Britaniya hukumatining Rossiya GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Solsberida zaharlanişiga aloqador ekani böyiça ayblovlarni rad etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Skripallar qanday qilib tirik qolgani tuşuntirib berilgandi.