Jahon | 07:56 / 01.04.2018
7300
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Amazon’ni firibgarlikda aybladi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda 3 kun ichida ikkinchi marta dunyodagi eng yirik internet-riteyler Amazon’ni tanqid qildi. Uning aytishicha, Amazon uchun buyurtmalarning yetkazilishi AQSh pochta xizmatining har bir jo‘natma uchun o‘rtacha 1,5 dollar yo‘qotishiga olib keladi. 

“Umumiy hisobda bu milliardlab dollarlarni tashkil qiladi”, deb yozgan Tramp.

“Pochta xizmati bilan bu firibgarlikni tugatish kerak. Amazon hoziroq real narxlarga ko‘ra haq (soliq) to‘lashi lozim!”, deb yozgan Tramp. U, shuningdek, Amazon asoschisi va asosiy aksiyadori Jyeff Bezosga tegishli The Washington Post nashrini “yolg‘onchi” nashr deb atagan.

Bu Trampning 3 kun ichida Amazon’ni ikkinchi marta tanqid qilishidir. 29 martda ham Tramp Amazon qolgan kompaniyalardan farqli, “yoki umuman soliq to‘lamaydi, yoki juda kam to‘laydi”, pochta xizmatidan mamlakat uchun katta yo‘qotishlar bilan “kurer” sifatida foydalanadi va sohadan qolgan riteylerlarni siqib chiqaradi, deb aytgan.

Bundan avvalroq Axios sayti nomi ma'lum qilinmagan manbalarga tayanib, Tramp Amazon’ni “o‘lgudek yomon ko‘rishini” ma'lum qilgan. Bloomberg’ning yozishicha, buning ortida Amazon’ning kapitallashuvi 53 mlrd dollarga kamayib ketgan. 29 martda savdolar yopilishi vaqtida kompaniyaning kapitallashuvi 700 mlrd dollarni tashkil qilgan. 30 mart kuni esa AQShda savdolar Pasxa bayrami arafasida o‘tazilmagan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid