O‘zbekiston | 11:51 / 02.04.2018
5990
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda foydalanilmayotgan obektlar tadbirkorlik sub'yektlariga beriladi

Foto: O‘zA

Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–3635, 29.03.2018 y.) qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi axborot xizmati.

Ta'kidlanishicha, ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish qarorning maqsadidir.

Qaror bilan Qashqadaryo viloyatining 7 ta tuman (shahar)laridagi foydalanilmayotgan davlat mulki obektlari va ishlab chiqarish maydonlarida (jami 29,8 gektar) kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etiladi.

KSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik sub'yektlariga biznes rejalarini bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan xolda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Mazkur KSZlarda davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid