Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotiga a'zo bo‘lishni rejalashtirmoqda
2018 yilning 2 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) bosh direktori Vilyam Leysi Sving boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston XMTga a'zo emas. Mazkur tashkilot vazifasiga migratsiya masalalarini hal qilishda ko‘maklashish, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kiradi.
TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tashkilot faoliyatida to‘laqonli a'zo sifatida qatnashish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganligi XMT delegatsiyasiga ma'lum qilindi. Shu nuqtayi nazarda o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
XMT delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi dasturidan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, hukumati, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ichki ishlar vazirliklari hamda Bosh prokuraturada uchrashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
10:31 / 16.07.2026
Qozog‘iston migratsiya nazoratini kuchaytirmoqda
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
23:00 / 13.07.2026