Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston chegara masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
2018 yilning 26 mart – 1 aprel kunlari Turkmanobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasining alohida uchastkalari birgalikda olib borilgan topografik va geodezik ishlarning natijasi ko‘rib chiqildi va 2018 yilga mo‘ljallangan reja dasturi asosida ularni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Qayd etilishicha, uchrashuv iliq va do‘stona muhitda o‘tgan. Muzokaralar yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
09:57 / 15.07.2026
Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026