AQShda “sovuq urush” davridagi “birinchi josus” vafot etdi
Sovuq urush davri razvedkachisi, Germaniya demokratik respublikasida sobiq ittifoq fuqarolari va qo‘shinlari ortidan ayg‘oqchilik qilgan Irving Ayzekson 102 yoshida vafot etdi. Bu haqda Portland Press Herald nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Ayzekson Obern shahridagi xospisda hayotdan ko‘z yumgan.
Amerikalik sobiq josus iste'foga chiqqandan keyin “Havaskor josus yodnomalari” nomli kitobini nashr ettirgan. U kitobda o‘zini sovuq urush vaqtining birinchi josusi, deb ta'riflagan.
Ayzekson 1915 yilda tug‘ilgan. Ta'kidlanishicha, u Ikkinchi jahon urushi vaqtida Buyuk Britaniyaga jo‘natilgan va u yerda Strategik xizmatlar boshqarmasida ishlagan. Aynan shu idora negizida keyinchalik Markaziy razvedka boshqarmasi tashkil etilgan. Urushdan keyin esa faoliyatini Germaniyada davom ettirgan.
Ayzekson AQShga qaytgach, o‘z otasining firmasida huquqshunos bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid
22:12 / 14.08.2024
Amerikalik harbiy Xitoyga maxfiy ma’lumotlar sotganini tan oldi
07:53 / 30.04.2024
The Insider Chexiyada yashovchi Rossiya josuslarining ismlarini ochiqladi
12:25 / 14.01.2024
«Kembrij beshligi» – SSSR tashqi razvedka xizmati uchun ishlagan britaniyalik josuslar kimlar edi?
14:19 / 09.09.2023