Avstriya razvedkasi mamlakatning suvlarni tozalaş tizimiga kirişga urinib, ehtimoliy rossiyalik josus sifatida tilga olinayotgan Sergey K.ga nisbatan tergov olib bormoqda. Bu haqda 4 noyabr kuni AFP agentligiga Avstriya Davlat xavfsizligi va razvedka boşqarmasi (DSN) xabar berdi.

Jetzt.at suriştiruv portali ma’lumotlariga köra, gap Rossiya harbiy razvedkasining xodimi haqida ketmoqda.

Tergovçilar ta’kidlaşiça, Sergey K. 2021 yilgaça muhandislik sohasida işlagan va Avstriya hamda qator boşqa mamlakatlarga soxta hujjatlar bilan taxminan 10 marotaba kelgan.

Jetzt.at materialida aytilişiça, Avstriyada gumonlanuvçi VTA kanalizatsiya (çiqindi suv) tozalaş kompaniyasi içida aloqalar örnatgan. Bundan taşqari, Sergey K. Rossiyada ham xuddi şu nomdagi (VTA) va suvlarni tozalaşga ixtisoslaşgan kompaniyalardan birida işlagan.

«Hatto Rossiya maxsus xizmatlari Avstriyadagi kanalizatsiya tizimlarini manipulyatsiya qilişni maqsad qilmagan taqdirda ham, Sergey K. VTA atrofida strategik qulay pozitsiyani egallagan. Kompaniya butun dunyo böylab, jumladan Ukrainaga ham suvlarni tozalaş texnologiyalarini yetkazib beradi. Rossiyaning tajovuzkor uruşi boşlanganidan beri u yerda suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmalari ataylab yöq qilinmoqda», — deyiladi suriştiruvda. Unda Bellingcat loyihasi tadqiqot jurnalisti Xristo Grozev ham iştirok etgani qayd etilgan.

Avstriyalik VTA kompaniyasi asosçisi va egasi Ulrix Kubinger AFP'ga bildirişiça, taxminan ikki hafta oldin şu nomdagi Rossiya kompaniyalari mavjudligi ma’lum bölganidan söng, huquq-tartibot idoralariga ariza berilgan. U bu Rossiya kompaniyalarining Avstriyaning VTA'si bilan heç qanday aloqasi yöqligini urğuladi.

YeI a’zosi, biroq NATOga a’zo bölmagan Avstriya sönggi paytlarda josuslik böyiça nisbatan yumşoq qonunçilikka ega ekani uçun NATO davlatlari tomonidan bir neça bor tanqid qilingan. AFP ta’kidlaşiça, bu holat Rossiya razvedkaçilarini mamlakatga jalb qilişi mumkin.

Joriy yil sentabr oyida Avstriyaning OMV neft-gaz konsernida ham ehtimoliy rossiyalik josus foş etilgan edi.