Jahon | 21:50 / 03.04.2018
7722
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik o‘quvchilarga ichi ko‘rinib turadigan ryukzaklar tutish majburiyati qo‘yildi

Foto: Oblvesti

AQShning Parklend shahrida maktab o‘quvchilariga bu shahardagi maktablardan birida yuz bergan ommaviy qotillikdan keyin ichi ko‘rinib turadigan shaffof ryukzaklar tutish majburlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘quvchilarda maktabga qurol yoki boshqa taqiqlangan narsalar, misol uchun, giyohvand modda olib o‘tishga imkoniyat kam bo‘ladi. Ryukzaklar bepul beriladi. Maktab rahbariyati fevral oyida yuz bergan qotillikdan keyin shu yo‘l bilan xavfsizlikni kuchaytirishga qaror qilgan.

O‘shanda ommaviy qotillik sodir etilgan maktabning sobiq o‘quvchisi, 19 yoshli Nikolas Kruz yarimavtomatik miltiqdan 17 kishini otib tashlagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid