17 kishining hayotiga zomin bo‘lgan floridalik “mergan” aybini tan oldi – CNN
14 fevralda AQShning Parklend shahridagi maktabda otishma sodir etib, 17 kishining hayotiga zomin bo‘lgan 19 yoshli Nikolas Kruz aybini tan oldi. Bu haqda sud materiallariga iqtibos keltirgan holda CNN telekompaniyasi ma'lum qildi.
“Kruz o‘z iqrorida maktab hududiga AR-15 miltig‘i bilan kirib, maktabning yo‘laklari va xonalarida o‘quvchilarni o‘qqa tutgan mergan bo‘lganini ko‘rsatgan. Kruz qo‘shimcha o‘qdonlarni ryukzagida yashirganini aytgan”, deb ma'lum qildi CNN.
“Kruz, shuningdek, o‘quvchilar qochayotganlarida unda miltiq, o‘qlar va himoyalovchi jiletdan xalos bo‘lib, bilinmasdan olomon bilan aralashib ketish rejasi paydo bo‘lganini tan olgan”, deb aytilgan xabarda.
Kruzga 15 fevralda sudda 17 ta band bo‘yicha qotillik sodir etish bo‘yicha ayblov e'lon qilindi. Kruzga sud taftishi boshlanguncha garov puli evaziga ozodlikka chiqish rad etilgan.
Brouard okrugi sherifi Skott Israelning ma'lum qilishicha, jinoyatchi hujumdan keyin huquq-tartibot idoralari xodimlaridan do‘konlar, tamaddixonalarda yashirinishga uringan. Sherifning aytishicha, Kruz maktabdan qochayotganlar bilan birga chiqib ketgan. Jumladan, u Walmart do‘konida, McDonald's va Subway tamaddixonalarida bo‘lib, o‘ziga ichimlik xarid qilgan va McDonald's’dan chiqqanda qo‘lga olingan.
Sherifning taxmin qilishicha, Kruzning sheriklari bo‘lmagan. “Biz uning bunday qilmishini tushunishda yordam bera oladigan odamlar paydo bo‘lishidan umid qilamiz. Ayni vaqtda biz uning sheriklari va boshqa kimnidir qidirmayapmiz”, deb aytgan sherif. U qotil maktabga Uber taksisida kelganini, biroq politsiya haydovchini uning sherigi deb hisoblamasligini ma'lum qilgan.
Brouard okrugi meri Bim Farr Kruz o‘tgan yil sog‘lig‘idagi ruhiy muammolar sababli davolanganini ma'lum qilgan. Miami New Times nashrining ta'kidlashicha, o‘smirni tanigan ko‘pchilik uni ruhiy nosog‘lom deb hisoblagan. Jumladan, u maktabga bir necha marta pichoq va o‘q-dorilar olib kelib, kalamushlarni o‘qqa tutgan.
Mavzuga oid
20:53 / 11.10.2024
“Orlando va u yerdagi o‘zbeklar “Milton” to‘fonidan jabr ko‘rmadi” - Sohib Abbosxon
12:05 / 11.10.2024
«Milton» to‘foni: 16 qurbon, Floridani suv bosdi, 3 mln uy elektrsiz qoldi
08:48 / 11.10.2024
Floridadagi to‘fon bir milliondan ortiq uyni energiyasiz qoldirdi
21:48 / 10.10.2024