Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik ximiklar «Novichok» ishlab chiqarilgan davlatni aniqlay olishmadi
Buyuk Britaniyaning Porton-Daun shahridagi laboratoriya ekspertlari asab tizimini ishdan chiqaruvchi «Novichok» moddasining kelib chiqish manbasini aniqlay olishmadi. Ushbu modda bilan Rossiya Razvedka boshqarmasining sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Angliyaning Solsberi shahrida zaharlangandi.
«Biz ushbu moddaning manbasini aniqlay olmadik, ammo aniqlagan ma'lumotlarimizni hukumatga yetkazdik», — deya qayd etgan laboratoriya rahbari Geri Eytkenhed.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu zaharli moddani tayyorlashda «o‘ta murakkab metodlar»dan foydalanilgan. Labarotoriyadagilar «Novichok»ka qarshi aks ta'sir etuvchi modda mavjudligi haqida ham hech narsa bilishmaydi.
5 mart kuni Solsberida Sergey Skripal va uning qizi zaharlangach, Buyuk Britaniya ushbu suiqasd ortida Rossiya turganini iddao qildi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Rossiyani Birlashgan Qirollik hududida xavfli qurol qo‘llashda aybladi, ko‘p o‘tmasdan 23 nafar rossiyalik diplomat Buyuk Britaniyadan chiqarib yuborildi.
Buyuk Britaniyaning aybloviga «Novichok» o‘z vaqtida SSSR olimlari tomonidan tayyorlangani va Rossiyaning bu boradagi so‘rovni izohsiz qoldirishi sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:13 / 14.02.2025
Olimlar «Novichok» kabi zaharlarni aniqlaydigan dasturni ishlab chiqdi
23:14 / 14.10.2024
Britaniyada «Novichok» yordamida zaharlanish ishi bo‘yicha sud eshituvi bo‘lib o‘tdi
14:33 / 22.09.2021
Skripallarning zaharlanishi. Britaniya yana bir gumonlanuvchiga ayblov e'lon qildi
00:52 / 14.12.2020