Jahon | 14:53 / 03.04.2018
8753
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada qochib ketgan fillar tufayli katta yo‘l yopildi

Ispaniya janubi-sharqida fillarni olib ketayotgan avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi, natijada besh hayvon trassaga chiqib ketgan. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, hodisa tufayli avtomobil yo‘li to‘sib qo‘yildi. Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hayvonlardan biri olingan jarohatlar sababli hayotdan ko‘z yumdi, yana ikki nafari jarohatlandi. Tsirk yuk mashinasi haydovchisi jabrlanmadi. 

Rasmiylar ko‘tarma kranni chaqirtirishdi, u hayvonlarni yo‘ldan ko‘tarib olib qo‘yishda yordam bergan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid