Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin o‘zbek olimiga faxriy unvon berdi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin iqtisod fanlari doktori, professor Nabi Saidkarimovich Ziyodullayevga Rossiyada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, unvon ilm-fan rivojiga qo‘shgan katta hissasi va uzoq yillik samarali faoliyati uchun berildi.
Nabi Saidkarimovich Ziyodullayev 1944 yil 27 fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (1965) tamomlagan.
70-90-yillarda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda ilmiy-tadqiqot ishlarining iqtisodiy va matematik sohalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. 1995 yilda olim Moskvaga akademik S.Shatalinning Iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar xalqaro jamg‘armasiga taklif etildi, u yerda vitse-prezident bo‘lib ishlagan (1997-2006).
2013 yil iyun oyidan hozirgi kungacha Rossiya Fanlar akademiyasining Bozor muammolari instituti bosh ilmiy xodimi.