Saakashvili Gruziyaga qaytmoqchi
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining ma'lum qilishicha, mamlakatga qaytadi va prezidentlik saylovlaridan so‘ng hozirgi hukumatga «yakun yasaydi».
Siyosatchining murojaati tasvirlangan videoyozuv «Yagona milliy harakat» partiyasi a'zolari tomonidan e'lon qilindi.
«Hozir menga qarshi ayblovlar faqat bir maqsad bilan qo‘yilgan, men Gruziyaga qaytish haqida hattoki o‘ylamasligim uchun. Bu yuz beradi. Men Gruziyaga kelaman hamda o‘z jamoam bilan barcha dasturlarni amalga oshiraman. Men gruzin xalqiga yordam beraman», - deya Saakashvilining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Shu bilan birga, sobiq prezidentning qo‘shimcha qilishicha, «prezidentlik saylovlaridan so‘ng hozirgi hukumatga yakun yasaydi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko uni Oliy rada deputati Nadejda Savchenkoning davlat to‘ntarishi bo‘yicha ishi ishtirokchilaridan biriga aylantirmoqchi ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:21 / 14.08.2024
Gurjistonda sobiq prezident 2008 yilgi urushda ayblandi
18:59 / 09.08.2024
Georgian Airlines aviakompaniyasi Navoiyga yuk parvozlarini yo‘lga qo‘ydi
22:38 / 06.08.2024
Gruziya parlamenti spikeri Saakashvili afv etilishi mumkinligini aytdi
15:26 / 03.06.2024