Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakaşvilining ma'lum qilişiça, Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko uni Oliy rada deputati Nadejda Savçenkoning davlat töntarişi böyiça işi iştirokçilaridan biriga aylantirmoqçi. U bu haqda NewsOne efirida ma'lum qilgan.
«Savçenkoga keladigan bölsak. Poroşenkoning özi bu işlar özaro boğliq bölişini juda xohlamoqda. Ular ayni damda davlat töntarişi böyiça katta işni tayyorlaşmoqda, u yerda ham Savçenko, ham Saakaşvili böladi», - deya aytib ötdi u.
Şuningdek siyosatçining aniqlik kiritişiça, Ukraina hukumati bu işdan öz muvaffaqiyatsizliklarini yaşiriş maqsadida foydalanmoqçi.
Bundan taşqari, Saakaşvilining qayd etişiça, Savçenkoni adekvat inson deb hisoblamaydi.
«Biz Nadya Savçenkoni adekvat deb hisoblaşdan yiroqmiz. Oçiğini aytganda, bu ayolning boşida heç narsa yöq», - deya ma'lum qildi u. Uning qöşimça qilişiça, deputat «ahmoq, mas'uliyatsizdir».
Eslatib ötamiz, avvalroq Savçenko Ukraina prezidentligiga nomzod bölişga va'da bergandi.

















