Jahon | 14:50 / 03.04.2018
9626
2 daqiqa o‘qiladi

Shanxayda ilk haydovchisiz metro liniyasi ochildi (suratlar)

Foto: Chinanews

Shanxayda ilk to‘liq avtomatlashtirilgan metro liniyasi ishga tushdi, haydovchisiz vagonlar Pujanda yashovchi kishilarga shahar markaziga yetib olishning qulay va futuristik vositasidir. Medium nashri shu haqida xabar berdi. 

6,7 kilometrli Pujan metro liniyasi olti stansiyaga ega - Huizhen Road'dan Shendu Highway stansiyasigacha, bu yerdan yo‘lovchilar 8-liniyaga o‘tishlari mumkin bo‘ladi, metroda  harakatlanish 15 daqiqacha vaqtni oladi.

Foto: Chinanews

APM (Automated People Mover) Shanxaydagi birinchi to‘liq masofadan nazorat qilinuvchi metro liniyasidir. 

Ko‘p yo‘lovchilar Janubiy Shanxayning manzaralarini ko‘rib, zavqlanib ketishadi.

Foto: Chinanews
Foto: Chinanews
Foto: Chinanews

Ilk bir necha oyda hech qanday kutilmagan muammolar yuzaga kelmasligi uchun platformalarda ham, vagonlarning ichida ham metro xodimlari bo‘lishi ko‘zda tutilgan. 

Liniya poyezdlarida haydovchilar yo‘qligidan tashqari, ular oddiy metro vagonlariga nisbatan yengil va energosamarali hamdir. Shuningdek ular shovqinni kamaytiruvchi rezina shinalari bilan ta'minlangan. 

Bugunga kelib APM dunyoning bir necha shahrida, jumladan Honkong, Pekin va Guanjouda yo‘lga qo‘yilgan. Pujang liniyasi Fransiyaning Keolis transport guruhi yordamida loyihalashtirilgan va qurilgan. Keolis avtomatlashtirilgan metropoliten operatsiyalari sohasida jahon yetakchisi hisoblanadi. 

 

Mavzuga oid