Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp reytinglari bilan maqtandi
Foto: REUTERS / Mike Segar
AQSh prezidenti Donald Trampning yozishicha, uning reytinglari Qo‘shma Shtatlar sobiq rahbari Barak Obamaning birinchi muddatidagi shu davrda kuzatilgan mashhurlik darajasidan ancha yuqori. Bu haqda siyosatchi tvitterdagi sahifasida xabar bergan.
«Yangi so‘rov ma'lumotlariga ko‘ra, prezident Trampning faoliyati 2 aprel, dushanba kungi holatga qaraganda, ovoz berganlarning taxminan 50 foizi tomonidan ma'qullanmoqda, u bunday ko‘rsatkich bo‘yicha sobiq prezident Barak Obamani birinchi muddatdagi shu davr natijalari bilan ortda qoldiradi», - deya The Washington Examiner jurnali maqolasidan iqtibos keltirgan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikaning New York Magazine jurnali o‘zining yangi soni muqovasiga AQSh prezidenti Donald Trampning cho‘chqa obrazidagi suratini joylashtirgandi.
Mavzuga oid
15:06 / 23.03.2026
Tadbirkorlar reytingida bojxona va tashqi savdo omillari inobatga olinadi
07:27 / 17.03.2026
Dunyodagi eng kuchli harbiy flotlar: 2026 yil reytingi
07:23 / 16.03.2026
Inson uchun eng xavfli hayvonlar: o‘lim ko‘rsatkichi reytingi
13:42 / 10.03.2026