AQŞ prezidenti Donald Trampning yozişiça, uning reytinglari Qöşma Ştatlar sobiq rahbari Barak Obamaning birinçi muddatidagi şu davrda kuzatilgan maşhurlik darajasidan ança yuqori. Bu haqda siyosatçi tvitterdagi sahifasida xabar bergan.
«Yangi sörov ma'lumotlariga köra, prezident Trampning faoliyati 2 aprel, duşanba kungi holatga qaraganda, ovoz berganlarning taxminan 50 foizi tomonidan ma'qullanmoqda, u bunday körsatkiç böyiça sobiq prezident Barak Obamani birinçi muddatdagi şu davr natijalari bilan ortda qoldiradi», - deya The Washington Examiner jurnali maqolasidan iqtibos keltirgan Tramp.
Eslatib ötamiz, avvalroq Amerikaning New York Magazine jurnali özining yangi soni muqovasiga AQŞ prezidenti Donald Trampning çöçqa obrazidagi suratini joylaştirgandi.












