Jamiyat | 16:55 / 03.04.2018
18602
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik shaxs Moskvadagi qurilayotgan maktabda IShIDga jangarilarni yollagan

Foto: RTL

IShID tarafdori Moskvadagi qurilayotgan maktablardan birining hududida Suriyaga yuborish uchun jangarilarni yollagan, u shu yerning o‘zida istiqomat qilgan. Bu haqda Rossiya poytaxtining huquqni muhofaza qilish organlari xabar berdi.

O‘zbekistonlik 26 yoshli Anvar Mahmudov mart oyi oxirida qo‘lga olingan. «Terrorchilik faoliyatiga ko‘mak ko‘rsatish» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi ReN TV.

Ushbu shaxs mamlakatga kirish qoidalarini buzgani uchun ushlangan. Keyinchalik ijtimoiy tarmoqlardagi uning sahifalarida terrorizmni oqlash belgilari aniqlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid