Light | 21:27 / 04.04.2018
18870
3 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklar «g» harfi qanday yozilishini yoddan chiqarayotgani ma'lum bo‘ldi

Psixologlar xulosasiga ko‘ra, amerikaliklar «g» harfi qanday yozlishini yoddan chiqarishmoqda. Journal of Experimental Psychology'da shu haqida ma'lum qilindi

Aksariyat harflardan farqli o‘laroq, kichik «g» harfining yozma shakli ikki xil variantga ega. Pastki qismida ilgak bilan beriluvchi kichik «g» harfi kitoblar va matbuotning bosma materiallari bilan bir qatorda matnli tahrirlar va internet-maqolalarda ham keng qo‘llaniladi. Biroq turli variantlarda yoziluvchi harflarni sanab o‘tish so‘ralgan 38 respondentdan atigi ikki kishi «g» harfini qayd etib o‘tgan, ulardan faqat birgina kishi harfni to‘g‘ri yozgan. 

Shunda tadqiqotchilar yana 16 nafar ko‘ngilliga ilgakli «g» 14 mart kelgan matnni o‘qishni taklif qilishdi. Ular matnni ovoz chiqarmay, «g» harfi ishtirokidagi so‘zlarni esa ovoz chiqarib o‘qishlari kerak bo‘lgan. Shundan so‘ng olimlar ishtirokchilarni 14 marta o‘qilgan «g» harfini yozishni so‘rashgan. Ishtirokchilarning yarmi harfning noto‘g‘ri variantini yozishgan. Qolganlar ilgakli «g» harfini tasvirlashga harakat qilishgan, biroq faqat bir kishigina uni to‘g‘ri yozishning uddasidan chiqdi. 

Nihoyat, olimlar 25 nafar ko‘ngillidan to‘rt xil variantda yozilgan «g» harfidan qay biri to‘g‘ri ekanini aniqlashni so‘rashgan. Yetti ishtirokchigina bu vazifaning uddasidan chiqqan. 

Olimlar bunday natijalarni odamlar «g» harfini qo‘lda yozmay qo‘yganlari, tobora ko‘proq elektron qurilmalardan foydalanishayotgani bilan bog‘lashgan. Tadqiqotchilar yaqin kelajakda odamlar yozishdan ancha uzoqlashib, ko‘proq elektron qurilmalarga bog‘lanib qolishlari, bolalarda o‘qishni o‘zlashtirish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishidan xavfsirashmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid