Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amir Temur tug‘ilgan qishloq turizm maskaniga aylantiriladi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Amir Temur dunyoga kelgan Xo‘ja ilg‘or qishlog‘ida sohibqironning yoshlik yillariga bag‘ishlangan muzey ekspozitsiyasini tashkil etishga doir loyihasini taqdim etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov bu borada KUN.UZ'ga quyidagilarni ma'lum qildi:
"Prezidentimiz Qashqadaryoga tashrif buyurganlarida Amir Temur tug‘ilgan qishloqni turizm maskaniga aylantirishga doir taqdimot o‘tkazgan edik. Shu yo‘nalishda qator takliflar kiritilgandi. Xalqaro tajribalarda ham shunday loyihalar ko‘plab amalga oshirilganini ko‘rish mumkin. Shunga muvofiq sohibqiron tug‘ilgan Xo‘ja ilg‘or qishlog‘ida uning yoshlik yillariga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatish, atrofdagi hududni obodonlashtirish va turistik maskanga aylantirish g‘oyasi berildi. Ushbu takliflar yurtboshimiz tomonidan ma'qullandi. Bundan tashqari, boshqa qator loyihalar ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Masalan, 9 aprel, ya'ni Amir Temur tug‘ilgan kuni Xalqaro Press-klub bilan birgalikda Xo‘ja ilg‘or qishlog‘idan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir olib boriladi va ko‘plab qiziqarli tadbirlar o‘tkaziladi".
Aziz Abduhakimov tomonidan taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, muzey binosi o‘zbek xalqining an'anaviy uy-joy me'morchiligi sifatida qurilib, hovlisida turli xil mevali va manzarali daraxtlar ekiladi, katta ishkom yaratiladi. Ishkom ostida chorpoyalar va o‘rindiqlar qo‘yiladi. Hovli haqiqiy o‘zbek xonadonini aks ettiradi.
Xo‘ja ilg‘or qishlog‘idagi Amir Temur muzeyi uch zaldan iborat bo‘ladi.
- O‘rta asrlardagi an'anaviy o‘zbek uyi
Xona uy jihozlari, beshik jihozlari, gilamlar, chaqaloq tug‘ilganida ishlatiladigan “chilla idishlari”, tancha, ro‘zg‘or idishlari, turli xil sopol va mis idishlar, baxmal va adrasdan tikilgan ko‘rpa hamda ko‘rpachalar, osmon jismlari aks etgan so‘zana va kashtalar qo‘yiladi. O‘rta asrlarga oid arab alifbosi - haftayak, siyohdon, daftar-kitob uchun xalta, lavhlar, kitob javoni, turli xil hajmdagi sandiq va sandiqchalar bilan jihozlanadi. Shuningdek unda Temurbekning tug‘ilishi mazmuni aks etgan rassomlarning asarlari namoyish etiladi. Kartinalar Qashqadaryo viloyati muzeylari fondi va Badiiy Akademiya fondidan keltiriladi. Bundan tashqari, zalda sohibqironning ota-onasiga oid ma'lumotlar ham o‘rin oladi.
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - Temurbeklar oilasi mehmonxonasi
Bu zalning devorlari an'anaviy uy me'morchiligiga muvofiq tokchalardan iborat bo‘ladi. Bu zalda turli o‘lchamdagi sandiqlar, milliy matolardan tikilgan ko‘rpa va ko‘rpachalar, o‘rta asrlarga xos gilamlar, o‘ymakorlik uslubida ishlangan xontaxta, kursilar, mis va sopol idishlar, chiroqdonlar namoyish etiladi. - Temurbekning oilaviy yotoqxonasi
Zal devorlarida Qashqadaryo viloyatiga xos bo‘lgan so‘zanalar namoyish etiladi. Tabiat va koinot aks etgan kashtalar namoyish etiladi. Rassomlarning tabiat manzarasi aks etgan kartinalari joy oladi. Zalning bir qismiga xobxona sifatida uy jihozlari qo‘yilishi mumkin.

Muzeyni tashkil etishdan asosiy maqsad Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan xalqimizning bebaho ma'naviy, madaniy va ilmiy merosini insoniyat tarixidagi haqqoniy rolini ochib berish va ularni keng jamoatchilik uchun namoyish etishdir.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
22:09 / 12.06.2026
Saida Mirziyoyeva Amir Temur haqidagi “Adolat fasli” spektakliga yuqori baho berdi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026