Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Seskanib ketyapman» - Avakov Poroshenkoning yagona nomzodi haqida
Foto: TASS
Ukraina IIV rahbari Arsen Avakovning fikricha, mamlakatning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenkoni hukmron partiyadan yagona nomzod deb hisoblamaydi. Bu haqda «LIGABiznesInform» xabar bergan.
«Men yagona nomzod haqida eshitganimda, seskanib ketyapman. Mening fikrimcha, Poroshenko prezidentlikka real nomzodlardan biri bo‘lishi mumkin – boshqalar bilan bir qatorda. Bunda har bir fuqaro o‘zi uchun tanlovni amalga oshirishi kerak», - deya ma'lum qildi Avakov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hududida parlament respublikasi tashkil etish to‘g‘ri bo‘ladi, sababi mamlakatda so‘nggi yillarda prezident va bosh vazirning qarama qarshiligi mojaroli vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda.
«Konstitutsiyaga, saylov qonuniga o‘zgartirishlar kiritish kerak – Ukrainani to‘laqonli parlament respublikasiga aylantirish, bunda prezident - vizioner va supervayzer. Prezident bu bilan saylovlarga yanada katta effektda borishi mumkin: mana ko‘rib qo‘yinglar, men vakolatlarimning bir qismidan hokimiyat tarmog‘i muvozanati uchun voz kechmoqdaman – juda chiroyli hamda tushunarli», - deya aniqlik kiritdi Avakov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avakov Ukraina xalqi qachon oyoqqa turib, hukumatni to‘ntarib tashlashi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
14:17
«Ish oxiriga yetay deb qoldi». Putin Zelenskiy bilan uchrashuvga qarshi emas
07:55 / 09.05.2026
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
20:44 / 08.05.2026