Ukraina IIV rahbari Arsen Avakovning ma'lum qilişiça, agarda Ukraina hukumati gazga tariflarni 35 foizga oşirsa, «xalq hukumatni töntarib taşlaydi». Bu haqda Liga.net xabar bermoqda.

«Köplab xatolar bor. Masalan, XVJ bilan özaro aloqalar, u bizga gazga tariflarni 35 foizga oşirişni taklif etmoqda. Men şunday demoqdaman: ha, albatta, oşiriş-ku mumkin. Biroq Ukraina xalqi darhol oyoqqa turadi, hukumatni töntarib taşlaydi. Bundan keyin esa populistlar uçun ovoz beradi, ular yana barini ortga qaytarib qöyadi. Hurmatli hamkasblar, siz şularni xohlaysizmi? Men diplomat emasman, şuning uçun eng yuqori darajada töğridan töğri gapirişim mumkin», - dedi Avakov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi xalq deputati Yevgeniy Murayev mamlakat tört yil davomida «juda katta bildirilgan işonçni» yöqotgani haqida xabar bergandi.