Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX Xalqaro koinot stansiyasiga “koinot changyutgichi”ni jo‘natdi
2018 yil may boshida mutaxassislar Xalqaro koinot stansiyasiga xavf soluvchi jismlarni topib, ularni maxsus to‘r va garpun bilan ushlay oladigan RemoveDEBRIS qurilmasining ilk prototipini sinovdan o‘tkazishga kirishadilar.
Qurilma XKSga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan yirik koinot jismlari va turli chiqindilarni izlab, ularni “bartaraf etadi”. Angliyadagi Surrey universiteti mutaxassislari yaratgan “chiqindilar ovchisi” sinovlardan o‘tkazilgandan keyin bunday turdagi qurilmalardan kelgusida foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Bu turdagi qurilmalarning asosiy ustunligi ularning kichik o‘lchami va gabaritlari hisoblanadi. 100 kglik qurilmadan XKSga parvoz vaqtida bir nechtasini yuborish mumkin. Ekspertlarning ta'kidlashicha, qurilma uylarda qo‘llanuvchi robot-changyutgichlar kabi qurilgan. Ular xavfli obektlarni aniqlagach, bu koinot chiqindilarini boshqa orbitalar yoki atmosferaning zich qatlamlariga “tortib borishi” mumkin.
Mavzuga oid
20:18 / 03.12.2025
Tarixda birinchi marta XKSga bir vaqtning o‘zida 8 ta kosmik kema ulandi
00:20 / 02.05.2025
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
19:25 / 18.03.2025
Xalqaro kosmik stansiyada 9 oy qolib ketgan astronavtlar Yerga qaytmoqda
17:05 / 16.03.2025