SpaceX kapsulasi 16 mart kuni ertalab tört nafar astronavtni Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) yetkazdi, deb xabar beradi BBC.

Qayd etilişiça, 29 soatlik parvozdan keyin Crew Dragon kapsulasi XKSga muvaffaqiyatli ulangan. Boeing kapsulasi sabab stansiyada qolişga majbur bölayotgan NASA astronavtlari Butç Uilmor va Suni Uilyams endi yaqin kunlarda Yerga qaytadi.

XKSga yetib borgan Crew-10 missiyasi tört kişidan iborat: NASA astronavtlari Enn MakKleyn va Nikol Ayyers, yaponiyalik astronavt Takui Onisi va rossiyalik kosmonavt Kirill Peskov. Yerga esa Butç Uilmor, Suni Uilyams, Nik Xeyg va Aleksandr Gorbunov qaytadi.

Uilmor va Uilyams XKSda sakkiz kun qolişi kerak edi, ammo Starliner kosmik kemasida kuzatilgan texnik muammo sabab ularning stansiyadagi faoliyati töqqiz oyga çözilib ketdi.

Yangi ekipaj yetib borganidan ikki kun ötib, uyga qaytiş sayohati boşlanadi. NASA vakili Stiv Stiç astronavtlar qaytayotganidan xursand ekanini aytib, ularga minnatdorçilik bildirdi.

Astronavtlar bir neça bor stansiyada qoliş ularga heç qanday noqulaylik tuğdirmayotganini ta’kidlagan, ammo kosmosda uzoq vaqt qoliş ularning oilaviy hayotiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.

Butç Uilmor va Suni Uilyams XKSga 2024 yil iyunda Starliner sinovi uçun borgandi, ammo kemada texnik muammo kuzatilib, ularning missiyasi uzaytirildi. NASA tavakkal qilmaslikka va astronavtlarni olib keliş uçun SpaceX’ning Dragon kapsulasini jönatişga qaror qildi.

Boeing kompaniyasi Starliner astronavtlarni xavfsiz qaytarişi mumkinligini bildirgan, Anno NASA xavfsizlik nuqtai nazaridan SpaceX’ni tanlagan.