Jahon | 10:33 / 04.04.2018
4573
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Qatar amiri bilan Eronning mintaqadagi «xulqini» muhokama qildi

Foto: TASS

AQSh prezidenti Donald Tramp Qatar amiri Tamim bin Hamad Al Taniy bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi, uning davomida ikki davlat yetakchisi Eronning mintaqadagi xatti-harakatlarini muhokama etgan.

Bu haqda Oq uy xabar bermoqda.

«Shuningdek, yetakchilar Eronning mintaqadagi kutilmagan xatti-harakatlari va uning mintaqaviy xavfsizlik uchun uyg‘otayotgan tahdidini muhokama etishdi», - deya ko‘rsatilgan bayonotda.

Ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti Qatar amiriga terrorizm bilan kurash masalasidagi pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildirgan.

«Prezident amirga Qatarning terrorizm, ekstremizm va ularni moliyalashtirish bilan kurashdagi sa'y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi», - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid