O‘zbekiston | 14:06 / 05.04.2018
13332
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxonachilar o‘q-dorilar kontrabandasiga chek qo‘yishdi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Shunga qaramay ayrim fuqarolar tomonidan o‘q-dorilarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Najimov” chegara-bojxona postida qo‘shni davlatdan piyoda kirib kelgan fuqaro R.D. bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma'lum qilmasdan turib, 10 ta qutida jami 2 kg. porox,  50 dona 12 mm. kalibrdagi patron, 1536 dona dona kapsulalarni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga muvofiq, respublikamiz bojxona chegaralari orqali qurol-yarog‘, o‘qotar qurol va o‘q dorilarni kontrabanda qilish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Modomiki, shaxs ushbu buyumlarni o‘z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid