Jahon | 16:57 / 05.04.2018
4291
1 daqiqa o‘qiladi

Merkelning AQShga tashrifi sanasi ma'lum 

Foto: Reuters

Germaniyaning Bild nashri manbalari ma'lumotiga ko‘ra, GFR kansleri Angela Merkel 27 aprel kuni AQShga tashrif buyurib, ushbu davlat rahbari Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Nashr manbasining ta'kidlashicha, tashrif sanasi ayni damga kelib hozircha tasdiqlanmadi.

Avvalroq, Tramp Merkel bilan Skripal ishini muhokama qilgani haqida xabar berilgandi. Har ikki yetakchi NATO ittifoqchilari, Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlarning Rossiya razvedkasi zobitlarini chiqarib yuborish bo‘yicha qo‘shma harakatlarini ijobiy baholagan. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Angela Merkel «Rossiya tajovuzkorligi kuchayishiga» qarshi birga kurashishga kelishib olgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid