Germaniyaning Bild naşri manbalari ma'lumotiga köra, GFR kansleri Angela Merkel 27 aprel kuni AQŞga taşrif buyurib, uşbu davlat rahbari Donald Tramp bilan muzokaralar ötkazadi.

Naşr manbasining ta'kidlaşiça, taşrif sanasi ayni damga kelib hozirça tasdiqlanmadi.

Avvalroq, Tramp Merkel bilan Skripal işini muhokama qilgani haqida xabar berilgandi. Har ikki yetakçi NATO ittifoqçilari, Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlarning Rossiya razvedkasi zobitlarini çiqarib yuboriş böyiça qöşma harakatlarini ijobiy baholagan. 

Eslatib ötamiz, bundan avvalroq Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey va Angela Merkel «Rossiya tajovuzkorligi kuçayişiga» qarşi birga kuraşişga kelişib olgani xabar qilingandi.