O‘zbekiston | 15:28 / 05.04.2018
11806
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tugatilmoqda

Foto: Vesti

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash faoliyatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha xizmati bazasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonining huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish va islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash Xizmati tashkil etiladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tugatiladi, uning balansidagi mulk va boshqa moddiy boyliklar Xizmatga beriladi. 

Yangi farmon: Prezident devonida yangi xizmat tashkil etildi 

Shuningdek, Xizmatga bo‘shayotgan 35ta shtat birligi, Institut tomonidan amalga oshirilayotgan va muvofiqlashtiruvchi loyihalar ham o‘tkazildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid