Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida 35 yil ichidagi ilk kinoteatr ochilmoqda
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda 18 aprelda mamlakatda kinoteatrlarga kiritilgan 35 yillik taqiqlovdan keyin ilk kinoteatr o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Mamlakat hukumati 5 yil ichida butun mamlakat bo‘ylab yana 40 ta kinoteatr ochmoqchi. Ma'lum qilinishicha, kinoteatrlar boshqa jamoat joylaridan farqli ravishda, erkaklar va ayollar kinoteatrlariga ajratilmaydi.
Ta'kidlanishicha, katta ekranda ko‘rsatiladigan ilk film Marvel studiyasining “Qora pantera” sarguzasht filmi bo‘ladi.
Qirollik rahbariyati kinoteatrlarga taqiqlov olinishini 2017 yilda e'lon qilgandi. Hukumat shu tariqa iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki bermoqchi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026