Jamiyat | 10:11 / 05.04.2018
14908
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi

2018 yil 1 aprelga o‘tar kechasi 3 nafar noma'lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan holda Toshkent viloyati Piskent tumanida yashovchi fuqaro R.R. uyiga bostirib kirib, uni qo‘l va oyoqlarini arqon bilan bog‘lab, tanasining turli sohalariga qo‘llari va temir stul bilan bilan urib, tan jarohatlari yetkazib, uydagi seyf ichidan 150 AQSh dollari va 2 mln so‘m pul mablag‘larini olib, hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan K.Ye. va B.M.lar sodir etganligi aniqlanib, 2 aprel kuni ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy ravishda kirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

 

Mavzuga oid