Jamiyat | 15:18 / 06.04.2018
9450
1 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda er o‘z xotinining qorniga pichoq urdi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 4 aprel kuni soat 08.30larda, Qibray tumani “Arg‘in” MFY Birlik ko‘chasida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan I.T. turmush o‘rtog‘i, 1979 yilda tug‘ilgan U.Q.ning uyida o‘zaro janjal oqibatida uni qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada U.Q. kasalxonaga yotqizilgan. I.T. qo‘lga olingan.

 

Mavzuga oid