Jahon | 14:46 / 06.04.2018
15711
1 daqiqa o‘qiladi

Poytaxt aeroport va vokzaldagi hojatxonadan boshlanadi – Nazarboyev

Foto: 24.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonada shaharning 20 yilligi nishonlanishidan avval tartib o‘rnatish haqida topshiriq berdi.

Uning 5 aprel kuni Qozog‘iston poytaxtini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda ma'lum qilishicha, tartib aeroport va vokzallardagi hojatxonalardan, u yerda odamlarga qanday xizmat ko‘rsatishdan boshlanadi.

«Olmaotadan bu yerga kelganimizda, olmaotaliklar sizlarga xuddi kolxozchilarga qaragandek qaragan, to‘g‘rimi? Endi esa qanday? Men bu narsalarni shunga aytmoqdamanki, hukumat va hokimiyat Ostonaning 20 yilligini nishonlashga yaxshi ko‘rsatkichlar va mehmonlar, eng asosiysi – o‘zimiz uchun toza shahar bilan kirib kelishi kerak», - deya ta'kidlab o‘tgan Nazarboyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev Ostonada Vashington tajribasini qo‘llash haqida topshiriq bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid