19:15 / 06.04.2018
21708

Shahrisabzda qotillik, ota o‘z farzandini pichoqlab o‘ldirdi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 4 aprel kuni soat 19.10larda, Pillakashlik ko‘chasida yashovchi, 1954 yilda tug‘ilgan S.N. uyida o‘zaro janjal oqibatida o‘g‘li, 1981 yilda tug‘ilgan J.N.ning ko‘krak va bosh qismlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada J.N. voqea joyida vafot etgan. S.N. qo‘lga olingan.

 

Mavzuga oid
Top